Qashqadaryo viloyati Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jami 1185 nafar talabalar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olmoqdalar.
Talabalarga jami 46 nafar pedagog kadrlar ta’lim berib kelmoqda. Ulardan 1 nafari fan nomzodi, 3 nafari bosh o’qituvchilar, 13 nafari yetakchi o’qituvchilar, 18 nafari katta o’qituvchilar, qolganlari oliy ma’lumotli o’qituvchilar.
Shahrisabz tibbiyot bilim yurti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar kengashining 1966-yil 6-maydagi № 101-8 qaroriga va Qashqadaryo viloyati Sog’liqni saqlash bo’limining 1966-yil 24-iyuldagi № 105-M sonli buyrug’iga
asosan Viloyat axolisini o’rta tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash maqsadida 1966 Yilda ochilgan. Shahrisabz tibbiyot bilim yurti 2002-yilda rekonstruksiya qilingandan so’ng Qashkadaryo viloyat xokimligi o’rta maxsus, kasb-xunar taʼlimi boshqarmasining 2002 Yil 5-dekabrdagi 456-m sonli buyrug’iga asosan 2002 Yil 5-dekabrdan tibbiyot kollejiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi “Tibbiy-
sanitariya soxasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari tug’risida”gi №PK-4666 son qaroriga asosan Shaxrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga aylantirildi. Texnikum 900 Uringa muljallangan, qo’shimcha xonalar ochish xisobiga
kollejning quvvati 1470 o’ringa yetkazilgan bo’lib 4 ta o’quv binosi, 363 o’rinli
majlislar zali va 300 o’rinli yotoqxona binolaridan iborat. Sport zalida jismoniy tarbiya darslari o’tilmoqda. Texnikumda jixozlangan 53 ta fan xonasi mavjud. O’quv xonalarining umumiy soni 57 ta.
O’quv amaliyotini o’tish uchun davolash muassasalari qoshida quyidagi fan xonalari tashkil qilingan:
1Shahrisabz shaxar onalar va bolalar kasalxonasida — | ta 2.Shahrisabz shaxar yuqumli kasalliklar kasalxonasida — 1 ta 3.Shahrisabz teri-tanosil kasalliklar dispanserida — 1 ta Xozirgi kunda kasalxonalar qoshidagi amaliyot xonalarining soni -3 ta. Texnikum xududida quyidagi maishiy xizmat ko’rsatish binolari mavjud: oshxona, bufet, medpunkt, rasmxona va kompyuter xizmati xonalari. Texnikumda jami 46 nafar pedagog kadrlar ta’lim berib kelmoqda. Ulardan 1 nafari fan nomzodi, 3 nafari bosh o’qituvchilar, 13 nafari yetakchi o’qituvchilar, 18 nafari katta o’qituvchilar, qolganlari oliy ma’lumotli o’qituvchilar. Texnikum xududi 7,3 gani tashkil etadi. Xudud obodonlashtirilgan, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan. Texnikum Shahrisabz shaxar Ipak yuli kuchasi №1 —uyda joylashgan.


Kollej direktori: U.Rasulovich