Shahrisabz shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Tengdosh tengdoshga” tamoyili asosida yoshlar o’rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi “Ko‘ngilli targ‘ibotchilar”ni tayyorlashga qaratilgan o‘quv seminar bo’lib otdi.
🧫Seminarda sog‘lom turmush tarzi va profilaktika bo‘yicha nazariy bilimlar berild, yoshlar bilan ishlashning samarali usullari ko‘rsatib o‘tildi. Ko‘ngilli targ‘ibotchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tushuntirildi va trenerlar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
📌Yoshlar orasida sog‘liqni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, to‘g‘ri axborotni keng ommaga yetkazish va bu jarayonda yoshlarni faol ishtirokchi sifatida jalb etishni maqsad qilgan ushbu seminar ishtirokchilari kelgusida OITSni oldini olish boyicha targibot tadbirlariga jalb etilishi ko`zda tutilgan.



