Talabalar
120,000+
Buyuk ajdodimiz — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Bobur hayoti va ijodi, uning boy adabiy merosi, xususan Boburnoma asarining tarixiy va badiiy ahamiyati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Ajdodlar merosini ulug‘lash — milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ifodasidir.







