Talabalar
120,000+
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 1-Mart o‘zbek adabiyotining atoqli vakili, shoira Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 203-guruh talaba-qizlari hamda ijodkor qizlarimiz faol ishtirok etib, shoiraning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan chiqishlar, she’rlar va badiiy kompozitsiyalar namoyish etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada mustahkamladi.



