Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Terapiya fani o`qituvchisi
Ushbu maqolada Donorlik va salomatlik, “Donor va uning huquqlari”, “Beg`araz donorlar” kimlar, donorlik uchun qon topshirish jarayoni qanday kechadi, donorlik qilish uchun kimlar qon topshiradi kabi statistika ma`lumotlari beriladi .
KIRISH
Donorlik bu fidoiyilikdir. Tibbiyot tilida aytganda donorlik -organizm-“donor” dan,qabul qiluvchi organizm “retsipient” ga to`qimaning bir qismi, masalan qon, organ qismini ko`chirib o`tkazishdir. Hozirgi kunda donorlik tibbiyotning rivojlangan yo`nalishlari qatoridan joy olmoqda. Donorlik aslida insoniylik na`munalaridandir. Davlat tomonidan doimo donorlar ro`yxatida turadigan sog`lom kishilar, og`ir kasalliklarga chalingan bemorlarning misoli “najot farishtasi” dir.
Davlat tomonidan donorlar uchun huquq va imtiyozlar tayinlangan bo`lib, bu orqali donorlar har yili tibbiy ko`riklar orqali o`z sog`liqlarini nazorat qilib turishadi.
Donorlik va salomatlik
Har bir donor ushbu oddiy qonunlarni bilishi kerak:
Donor qon orqali yuqadigan kasalliklardan o`zini saqlashi kerak. Hozirgi vaqtda bular virusli gepatit <B> va <C>, OIV/OITS- infeksiyalar. Bunday og`ir kasalliklarni oldini olish uchun inson tasofiy jinsiy aloqalardan saqlanishi,har bir muolajalarda faqatgina bir marotaba ishlatiladigan shpristlardan foydalanishi (foydalanishi) kerak.
Kimlar donor bo`la oladi?
18 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan, og`rligi 50 kilogrammdan yuqori, o`zini sog`lom deb bilgan, irqi, kasbi, jinsidan qat`iy nazar har bir inson qon va uning komponentlari uchun donor bo`la oladi.
Respublika qon quyish markazi direktori A`lonur Saidovning ma`lumot berishicha,xirurgik jarayonlarda ( yurakda va tayanch-harakat organlari jarrohliklarida), a`zoni ko`chirib o`tkazishda, onkologik kasalliklarda, gematologik xastaliklarda (leykoz, ogi`r darajali kamqonlik), patologik tug`ruq jarayonlarida-ona va bolani saqlab qolish maqsadida, baxtsiz holatlarda (avariya, yong`in va boshqa) donorlik asosidagi qondan foydalaniladi.
Inson orgamnizmida 4,5-5 litr qon bo`ladi. Ko`p yillik ilmiy izlanishlar va kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, 500ml.gacha qon topshirish organizm uchun xavfsizdir. Har bir donorlik amaliyotida o`rtacha 350-400ml qon olinadi.
Donor va uning huquqlari
Donorlik – bu hurmatga sazavor ish, donor esa, juda ham oliyjanob odam. Shunga monand uning huquqlari himoyalangan bo`lishi kerak.
-Tibbiy tahlil natijalarining sir tutilishi kafolatlanadi:
-Tibbiy tahlillar bepul o`tkaziladi (umumiy qon tahlili, jigar ko`rsatgichlari, qon guruhini va rezus omilini aniqlash, OIV/OITS, gepatit <B> va <C> , brutsellyoz, zahm kasalligini aniqlaydigan RW):
— Qon quyish markazida yuqori toifali shifokorlar ko`rigi va ikki kunlik ish haqi saqlangan holda dam olishi uchun qon topshirganligi haqida ma`lumotnoma beriladi (qon topshirgan kuni va donor hoxlagan boshqa bir kun):
Beg`araz donorlar kimlar?
Beg`araz donorlar- ixtiyoriy ravishda , beminnat donorlik qiluvchi har bir o`zini qonini topshiradigan, evaziga hech qanday rag`batlantirish talab etmaydigan insonlardir.
Ular mexr-oqibati , hamdardligi, insonparvarlik tuyg`ulari kuchli bo`lgan oliyjanob sahovatli insonlardir.
Donorlik qilish uchun kimlar qon topshirishi mumkin?
18yoshdan 60yoshgacha bo`lgan, vazni 50 kgdan yuqori har bir shaxs qon topshirishi mumkin.
Ikkita qon topshirish oralig`idagi davr – kamida 2 oyni tashkil qilishi lozim.
-Yiliga har bir shaxs 4 marta qon topshirishi mumkin:
-Har bir topshirishgan qonning maksimal hajmi-450ml
-Qon topshirish jarayonining muddati – 45 daqiqa bo`lib, u bir necha bosqichlardan iborat bo`ladi.
Donorlar uchun qon va uning komponentlarini topshirish oralig`i bo`yicha maxsus tavsiyalar ishlab chiqarilgan. Maqsad esa , qon topshirish donorga ziyon yetkazmasdan sog`ligini saqlashdan iboratdir.
Bir yilda 4 marotabagacha qon topshirish mumkin . Har bir 5 marotaba ketma- ket qon topshirgandan so`ng, donorlar 3 oydan kam bo`lmagan vaqt davomida dam olishlari tavsiya qilinadi.
-Qon topshirgandan 30 kun keyin donor plazma topshirishi mumkin. Plazma topshirgandan 14 kun o`tgach donor yana qayta plazma topshirishi mumkin.
-Qon topshiradigan kuni ertalab, albatta, nonushta qiling.
-Qon topshirishdan avval bir necha kun mobaynida sipirtli ichimliklar iste`mol qilmang.
-Qon topshirishni imtihonlardan, musobaqalardan, diplom ishlaridan olsin va ishingiz juda ko`p bo`ladigan vaqtlarga rejalashtirmang.
To`g`ri ovqatlaning: donor ovqati tarkibida oqsilga boy mahsulotlar bo`lishi lozim : (go`sht, lavlagi, grechka, loviya va boshqalar).
Agarda siz bu qoidalarga va tavsiyalarga ahamiyat bersangiz , donorlik sizga ziyon keltirmaydi va ko`pgina bemorlar hayoti saqlanib qoladi.
Donorlik uchun qon topshirish jarayoni qanday kechadi?
Qon topshirish jarayoni qon topshirish markazlari va “Hududiy Qon yig`ish bo`linmalari”da 5 ta bosqichda amalga oshiriladi.
Markazga kelgandan qon topshirib ketguningizgacha 1 soat vaqtingizni ajratishingiz kerak bo`ladi.
Birinchi bosqich: Tibbiy so`rovnomani to`ldirish
Qon topshirish hududiga kelgan har bir dono rga donorlik qilish uchun so`rovnoma berilib, uni to`ldirish so`raladi. Bu so`rovnomadagi savollar “Donor va Bemor xavfsizligi” ni ta`minlovchi muhim bo`lgan tushunchalarni o`z ichiga oladi:
-Sog`lig`ingiz holati, isitma, gripp, so`ngi qabul qilingan dorilar, yurak xastaliklari, surunkali kasalliklar, jarrohlik muolajalari va boshqalar.
-Hayotingizga yuz bergan va sog`ligingiz uchun havf tug`dirishi mumkin bo`lgan voqealar: sayohat, giyohvand moddalar iste`mol qilish va boshqalar.
Ikkinchi bosqich : Anketa ochish
Bu bosqichda barcha ma`lumotlar ro`yhatga tushirilib, anketa saqlanadi. Aynan o`sha paytda donorga maxsus raqam beriladi va bu raqam qopchasi yuzasiga qo`yiladi. Keyinchalik ushbu raqam idishdagi qon sizga tegishli ekanligi aniqlashga imkon beradi.
Uchinchi bosqich: Shifokor va donor bilan bo`ladigan suhbat
So`rovnoma to`ldirilgandan so`ng, har bir donorlik qilmoqchi bo`lgan shaxs shifokor bilan suhbatdan o`tadi. Bu suhbat donorning qon topshirishi o`zining va u qonni qabul qiluvchi bemorning sog`lig`iga xavf tug`dirmasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.
Shifokor bilan donor o`rtasidagi suhbat shaxsiy tibbiy sir sifatida saqlanadi.
To`rtinchi bosqich: Qon olish.
450ml qonni olish uchun 12 daqiqa vaqt kerak bo`ladi. hamda shu vaqt ichida probirkaga test va tekshirish uchun oz miqdordagi qon ham olinadi. Olingan qon orqali donorning qon guruhi va qonda bo`lishi mumkin bo`lgan yuqumli kasalliklar- OITS, virusli gepatit B, gepatit C, zahm aniqlanadi. Qon olish qulay o`rindiqlar bilan jihozlangan maxsus xonada amalga oshiriladi.
Beshinchi bosqich: Dam olish va ovqatlanish
Qon topshirganingizdan keyin, siz bir necha daqiqa davomida hamshira kuzatuvi ostida bo`lasiz. Jo`nab ketishdan oldin markaz tomonidan sizga nonushta beriladi. Donor jo`nab ketgandan so`ng, olingan qon maxsus joyda saqlanadi. Tekshirish va test amalga oshiriladi. Agar tekshirish jarayonida qandaydir salbiy natijalar chiqsa, donor qisqa muddat ichida qon olishi muolajasini amalga oshirgan shifokor tomonidan markazga chaqiriladi.
Qon topshirish anonimlik va beg`araz tarzda amalga oshadi. Hech qanday ma`lumot Respublika OITS yoki boshqa shifoxonalarga jo`natilmaydi.
Xulosa
Ushbu maqolamdan shunday xulosaga kelishim mumkinki, har bir inson boshqalar hayoti uchun qayg`urishi lozim. Chunki O`zbelistonda qon va qon mahsulotlarimizga ehtiyoj juda ham katta. Bugun butun aholining 0,4 foizigina qon topshiradi. Amerika Qo`shma shtatlarida bu ko`rsatgich 3%ni, Fransiyada esa 4% ni tashkil qiladi. O`zimiz va o`zgalar hayotiga befarq bo`lmaylik. Biz ham ushbu hayrli ishga o`z hissamizni qo`shaylik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Mansumov M, Aliyev X, Odilov M, Musayeva N. Farmakologiya asoslari,-T <Ilm ziyo> 2007
- Ziyayeva M. Terapiya ichki kasalliklar –T 2007
- Azizova S Farmakologiya-T <Yangi asr avlodi>, 2006